Termiz tumani Qahramon va Termiz shahri Bo‘ston mahallalarida infratuzilma ishlari o‘rganildi
2025-12-17 19:40:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlardagi o‘rganishlari davomida mahallalardagi infratuzilma holati va uni yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi bilan yaqindan tanishmoqda.
Bugun viloyat rahbari Termiz tumani Qahramon mahallasida "Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida kechagi o‘rganishlar davomida berilgan infratuzilmani yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar ijrosini ko‘zdan kechirdi. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash, elektr energiyasi tarmoqlarini yangilash, shuningdek, tadbirkorlik uchun ajratilgan maydonda savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarini barpo etish ishlari o‘rganildi.
Shundan so‘ng o‘rganish ishlari Termiz shahri Bo‘ston mahallasida davom ettirilib, obodonlashtirish, sanitariya xizmatlari ko‘rsatilishi hamda aholi uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani yaxshilash ishlari ijrosi bilan tanishildi.
Ikki mahallada ham mas’ullarga infratuzilma va kommunal xizmatlar sifatini oshirish, aholi muammolarini manzilli hal etish hamda obodonlashtirish ishlarini tizimli olib borish vazifalari yuklatildi.






