Termiz tumanida mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi
2025-12-16 14:00:00 / Yangiliklar

Xabar berilganidek, o‘tgan hafta Surxondaryo viloyati hokimi Termiz tumani Qahramon mahallasiga tashrif buyurib, "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla" konsepsiyasi asosida amalga oshirilayotgan infratuzilmani yaxshilash ishlari bilan tanishib, mutasaddilarga bosh reja asosida aniq vazifalar belgilab bergan edi.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mutasaddilar ishtirokida mahalla hududi bo‘ylab belgilangan vazifalar ijrosini o‘rgandi. Unda aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiluvchi infratuzilma ishlarini sifatli amalga oshirish, shuningdek, tadbirkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganishlar davomida yo‘llarni ta’mirlash, kommunal tarmoqlarni yangilash, yo‘laklar barpo etish hamda aholini qiynab kelayotgan mavjud muammolarni hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi kelgusi haftada yana bir bor qayta ko‘rib chiqilishi ta’kidlandi.



