Termiz tumanida "Texno Park" qurilishi va Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi
2025-12-15 14:55:00 / Yangiliklar

Ma’lum qilinganidek, Termiz tumanida barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston" massiviga tutash hududda tadbirkorlik va ishlab chiqarish loyihalarini rivojlantirish maqsadida "Texno Park" qurilishi amalga oshirilmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur loyiha qurilishi bilan tanishib, mas’ullarning hisobotlarini tingladi. Qurilish ishlarini jadallashtirish, loyihaga innovatsion texnologiya va ishlanmalarni joriy etish, shuningdek, Xitoy tajribasini o‘rganib kelgan tadbirkorlarning tashabbuslarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.
Shundan so‘ng, "Yangi O‘zbekiston" massivi hududida barpo etilgan 3 050 o‘rinli amfiteatr maydonida viloyatning asosiy Yangi yil bayram archasini o‘rnatish ishlari ko‘zdan kechirildi. Hududni bayramona bezash, turli ko‘ngilochar tadbirlar, bayram savdo yarmarkalari va ko‘rgazmalarini tashkil etish, taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlarini o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shuningdek, shu joyning o‘zida "Zoom" platformasi orqali Termiz shahri va tumanlarda Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, bayram archalarini o‘rnatish ishlarining borishi muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.









