Hududlarda yashil belbog‘ va yashil maydonlar yaratish ishlari ijrosi o‘rganildi
2025-12-01 19:00:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyati hududlari markazlarida yashil maydonlar yaratish, avtomagistral yo‘li bo‘ylab yashil belbog‘lar barpo etish loyihalari amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalar hududlarning ekologik barqarorligini ta’minlash hamda atmosfera havosi tozaligini ta’minlash maqsadida yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumani markaziga kirish yo‘li, M-39 yo‘lining Sherobod tumanidan o‘tgan qismi va boshqa hududlarda yashil maydonlar yaratish vazifalari ijrosini o‘rgandi.
Xususan, Sherobod tumanida avtomagistral yo‘li bo‘ylab yashil belbog‘ yaratish loyihasiga start berilib, daraxt ko‘chatlari ekildi. Mas’ullarga har bir hududda ko‘chat ekish, yashil maydonlar yaratish, ularni parvarishlar ishlarini tizimli va sifatli tashkil etish topshirildi.
Shundan so‘ng, Termiz va Angor tumanlari tutashgan hududda tashkil etilayotgan maydonda "Metanchilar bog‘i" yaratish tashabbusi yuzasidan yoqilg‘i quyish shoxobchalari egalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Viloyat rahbari tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, tadbirkorlarga ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Mutasaddilarga tashabbusni amalga oshirish uchun yer maydoni ajratish hamda ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish uchun suv yetkazib berish va boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish vazifasi yuklandi.









