Oʻzbekiston Fijital sporti Xalqaro reytingda
2025-02-11 12:50:00 / Yangiliklar
![Oʻzbekiston Fijital sporti Xalqaro reytingda](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F9cbfc0d8-af87-61a9-036c-0290549b3785_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Jumladan, bu borada olib borilayotgan saʼy-harakatlarimiz doirasida biz jismoniy va raqamli olamlarning ushbu innovatsion kombinatsiyasidan foydalangan sportchilar va geymerlarni ilhomlantiruvchi sport tadbirlarini oʻtkazib kelmoqdamiz.
Bugun biz birinchi bor Respublika musobaqalarida gʻolib boʻlgan sportchilarning anʼanaviy sport turlaridan raqamli sport turlariga qanday ravishda oʻtayotganligi, bu ikki holatni hamohang amalda oshirishning asosiy foydali taraflarini namoyish etish maqsadida fikr yuritmoqchimiz. Ushbu maqola bilan, esports yoʻnalishlaridan farqli ravishda jismoniy va raqamli sport turlarini birlashtirish orqali yanada faol hayot tarziga moslashgan geymerlar va sportchilar haqida soʻz yuritmoqchimiz.
Xabaringiz bor 2024-yilning 21-23-noyabr kunlari Toshkent viloyati Angren shahridagi Dukent sport sogʻlomlashtirish majmuasida ilk bor Fijital sport oʻyinlarining Respublika final bosqichi boʻlib oʻtgan edi.
Mazkur final bosqichiga qadar Respublikamizning barcha hududlarida fijital futbol, fijital basketbol va Just Dance yoʻnalishlari boʻyicha 1 bosqich musobaqalari oʻtkazilib, jami 3 ming nafarga yaqin oʻgʻil qizlar musobaqalarga qamrab olingan edi.
Respublika final bosqichi natijalariga koʻra fijitila futbol boʻyicha Navoiy viloyati jamoasi, fijital basketbol boʻyicha Samarqand va Juast Dance yoʻnalishi boʻyicha Toshkent shahar jamoalari gʻoliblikni qoʻlga kiritishgan edi.
Ushbu oʻtkazilgan sport musobaqlarining quyi bosqichidan final bosqichiga qadar barcha natijalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Xalqaro fijital sport federatsiyasiga muntazam berib borildi.
Natijada Xalqaro fijital hamjamiyatining fijital sport turlarining dunyo boʻylab rivojlanish jamoaviy reyting jadvalida Oʻzbekiston jamoasi oʻz ballarini qoʻlga kiritib bordi.
2024-yilda oʻtkazilgan fijital sport musobaqalarinig yakuniy natijalariga koʻra ushbu reytingda Oʻzbekiston 11 oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Jumladan, sport turlari boʻyicha tahlil qiladigan boʻlsak, fijital futbol boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi 12 oʻrin, fijital basketbol boʻyicha 9 oʻrin va Just Dance yoʻnalishi boʻyicha 8 oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Quvonarli tarafi mazkur reyting natijalariga koʻra, 1 va 2 oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoalar joriy yilda boʻlib oʻtadigan “Kelajak oʻyinlari – 2025” sport musobaqalariga toʻgʻridan toʻgʻri ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Reyting boʻyicha 1 oʻrin AQSH va 2 oʻrin Rossiya davlatlari. Reyting jadvalida 3 — 26 oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jamoalar esa Xalqaro klassifikatsiya oʻyinlarida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot oʻrnida Oʻzbekiston fijital sport federatsiyasi 2025-yil kalendar rejasiga muvofiq Oʻzbekiston Chempionati, Oʻzbekiston kubogi va 4ta Respublika turnirlarini, kompleks musobaqalardan BRIKS davlatlari sport oʻyinlari va “Kelajak oʻyinlari – 2025”, 4ta Xalqaro turnirlar hamda 4ta oʻquv mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazishni rejalashtirgan.