"Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda
2024-11-15 14:00:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyat sport boshqarmasi xodimlari va boshqarma tasarrufidagi taʼlim muassasalari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ommaviy ko‘chat ekish aksiyasida faol ishtirok etib kelmoqda.
Mavsum boshidan boshlab sport maktablari tomonidan maktab hududlariga 4000 ga yaqin mevali va manzarali ko'chatlar ekilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkichni 7600 taga yetkazish koʻzda tutilgan.