Polvonlarimiz Jahon chempionatida yetakchilik qilishmoqda
2024-11-14 16:00:00 / Yangiliklar
10–16-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
30 dan ortiq davlatlarning eng kuchli kurashchilari ishtirok etayotgan jahon chempionati musobaqasining kattalar o‘rtasida belbog‘li kurashning erkin va klassik yo‘nalishida ishtirok etgan O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi 4 ta oltin, 3ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, 13-noyabr kuni U17 o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionati bellashuvlarida Baxtiyor Turg‘unpo‘latov bosh murabbiyligidagi yosh polvonlarimiz 10 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi.
G‘olib va sovrindorlar haqida ma'lumot:
Oltin medal
45 kg. Abdumajid Husanboyev,
55 kg. Murodulla Habibullaxonov
65 kg. Sobirjon Abdullayev
71 kg. Boburbek Abdumalikov
77 kg. Muhammadqodir Karimjonov
77 kg. Ezozbek Abduqayumov
+95 kg. Shohjahon Rahmatov
44 kg. Jasmina Maʼmurjonova
48 kg. Arofat Muhammadova
70 kg. Ro‘zixon G‘anijonova.
Kumush medal
60 kg. Sherzodbek Eliboyev
77 kg. Sardorbek Axatqulov
52 kg. Gulsanam Rahmatullayeva
63 kg. Jasmina Uralbayeva
Bronza medal
45 kg. Avazbek Toirov
50 kg. Axror G‘ofurjonov
55 kg. Amirxon Shukurboyev
85 kg. Mansur Po‘latboyev
95 kg. Nurbek Isaqov
+95 kg. Navro‘zbek Mamayusupov
48 kg. Gulsanam Abdukarimova
63 kg. Muxlisa Sayfiddinova
70 kg. Nasibaxon Akbarova
+70 kg. Marxaboxon Mamatkarimova
+70 kg. Rayxonaxon Mamatkarimova.
Musobaqa jarayonlari 16 noyabrga qadar davom etadi.