“Korrupsiyaga qarshi kurashish-davr talabi” mavzusida hamda “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonun yuzasidan targʻibot tadbiri o‘tkazildi
2024-08-29 16:05:00 / Yangiliklar
Tadbirda vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boʻlimi boshligʻi D.Buxarov korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi va xodimlarni korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir qilmasliklariga chorlab, ushbu turdagi jinoyatlar uchun qonunchilikda jazo muqarrarligini taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek, tadbirda Mirobod tuman adliya boʻlimi boshligʻi B.Eshniyazov ishtirok etib, “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori yuzasidan tushuntirish berdi.