Soliqlarni toʻlamaslik qanday oqibatlarga olib keladi?
2025-07-22 10:30:00 / Qo'mita yangiliklari
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 63-modda
Davlat soliq xizmati organlari davlatning boshqa boshqaruv organlari, davlat hokimiyati mahalliy organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, statistika va moliya organlari, banklar hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda soliq va yigʻimlarning davlat budjetiga oʻz vaqtida va toʻliq tushishini taʼminlaydi.
Shuningdek, mazkur organlar va tashkilotlar soliq haqidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va soliqlar boʻyicha huquqbuzarliklarga qarshi kurashda davlat soliq xizmati organlariga koʻmaklashadilar.
OʻRQ-474-I, 7-modda
2025-yilning 8-iyul holatiga budjet, tijorat va nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarining mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha qarzi 563 mlrd soʻmdan oshib ketgan.
Eslatma: Soliqlarni oʻz vaqtida toʻlamaslik, kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun penya hisoblanishiga sabab boʻladi.
Soliq kodeksi 110-modda
Agar jismoniy shaxsning umumiy soliq qarzi 1 mln soʻmdan oshsa, qarz sud orqali qarzdorning mulki hisobidan undirilishi mumkin.
Soliq kodeksi 125-modda
Bu esa qarzdorning mol-mulki xatlanishi va ayrim cheklovlar oʻrnatilishiga sabab boʻlishi mumkin.
OʻRQ-258-II, 21-modda
Shu sababli soliqlarni oʻz vaqtida toʻlashni unutmang!
Toʻlovni Soliq mobil ilovasi orqali soliq yoki bank idoralariga bormasdan, masofadan turib amalga oshirish mumkin.
Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi
