So‘xda beton mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi
2025-09-06 15:05:00 / Yangiliklar

So‘x tumanida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, sanoat sohasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.
Devayron mahallasida “So‘x bunyodkor Javohir” MChJ tomonidan beton mahsulotlari hamda latok, handaq, temir beton kabi turli konstruksiyalar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida zamonaviy uskunalar o‘rnatilib, 5 turdagi texnika — hovo, kran va pogruzka kabi vositalar olib kelindi. Ayni paytda korxonada sinov jarayonlari boshlandi.
Yangi ishlab chiqarish maydoni tuman sanoat salohiyatini oshirish, aholi uchun ish o‘rinlari yaratish va mahalliy mahsulotlar hajmini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Shu kabi loyihalar kelgusida So‘x iqtisodiyotining yanada yuksalishiga zamin yaratadi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati




