Soʻx tumani hokimining shaxsiy qabulı
2025-09-04 18:15:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Soʻx tumanidagi Xalq qabulxonasida fuqarolarni qabul qildi.
Qabulda hokim oʻrinbosarlari va mutasaddi tashkilot rahbarlari ham ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida aholining uy-joy, tadbirkorlik, subsidiya, ish oʻrinlari, hududlarni obodonlashtirish va ijtimoiy sohalarga oid murojaatlari tinglandi.
Ayrim masalalar yuzasidan joyida tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar boʻyicha esa mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Soʻx tumani hokimligi Axborot xizmati









