So‘x tumanida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida yangi bozor va infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda
2025-09-02 05:25:00 / Yangiliklar

So‘x tumanida ichki turizmni rivojlantirish va aholi uchun zamonaviy savdo hamda xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yaratish maqsadida “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi bozor hamda qator infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda.
Loyiha haqida ma’lumot
-
Manzili: Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘ini
-
Loyiha qiymati: 2 milliard 830 million so‘m
-
Infratuzilma loyihalari soni: 5 ta
-
Transformator o‘rnatish
-
Yo‘llarni asfaltlash
-
Tarmoqlarni tortish ishlari
-
Asosiy ishlar
-
Mahalla markazidan bozorgacha yangi yo‘l o‘tkazish
-
Yo‘l bo‘yini obodonlashtirish
-
Markazdan bozorgacha bepul marshrutlarni yo‘lga qo‘yish
Erisiladigan natijalar
-
Auksionga chiqariladigan obyektlar (lotlar): 35 ta
-
Tashkil etiladigan xizmat ko‘rsatish va servis obyektlari: 35 ta
-
Yaratiladigan yangi ish o‘rinlari: 200 ta
-
Qurilish ishlarini yakunlash muddati: 2025 yil
Ayni kungi holat
Hududda qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari jadal olib borilmoqda. Yangi bozor va unga yondosh infratuzilma obyektlari foydalanishga topshirilgandan so‘ng, mahalliy aholi hamda turistlar uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratiladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

