OILA MUSTAHKAMLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING MUHIM OMILI
2026-11-17 16:25:00 / Yangiliklar

Bugun Söx tumani hokimligida oilaviy ajrimlarning oldini oliş, oilalar mustahkamligini ta’minlaş va mahallalarda soğlom ma’naviy muhitni şakllantiriş masalalariga bağişlangan oçiq muloqot bölib ötdi.
Muloqotda tumandagi oilaviy ajrimlar holati, ularning kelib çiqiş sabablari va mavjud muammolar atrofliça tahlil qilindi.
Qayd etilganidek, joriy yilda tumanda 76 ta oilaviy ajrim kuzatilgan bölib, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 21 taga köpdir.
Muhokamalar davomida nizoli oilalar bilan manzilli işlaş, yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaş, mahalla va jamoatçilik hamkorligini kuçaytiriş hamda ajrimlarga olib keluvçi omillarni barvaqt bartaraf etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Asosiy maqsad – oilaviy muammolarni öz vaqtida aniqlaş, ularga amaliy yeçim topiş, farzandlar manfaatlarini himoya qılış va oilalar mustahkamligini ta’minlaşdir.
Zero, mustahkam oila – barqaror jamiyat poydevoridir.
Söx tumani hokimligi Axborot xizmati









