«SÖX MODELI: TIBBIYOTDA YANGI IMKONIYATLAR»
2026-11-17 15:05:00 / Yangiliklar

SÖXNING GEOGRAFIK XUSUSIYATI TIBBIYOTDA ALOHIDA YONDAŞUVNI TALAB ETADI
Söx tumanida tibbiy xizmatlarni taşkil etişda aholi soniga asoslangan umumiy ştat me’yorlari har doim ham hududning haqiqiy ehtiyojini töliq aks ettirmaydi.
Farğona jamoat salomatligi tibbiyot instituti mutaxassislari tomonidan ötkazilgan tahlillarda tumanning anklav va toğli hudud ekani, transport qatnovlarining murakkabligi hamda surunkali kasalliklar bilan boğliq ehtiyojlar inobatga olingan.
Xususan, endokrinolog, nevrolog va urolog mutaxassisliklari böyiça qöşimça ştat birliklari ajratiş zarurati asoslangan.
Taqdimotda Söxning öziga xos şaroitidan kelib çiqib, tibbiyot muassasalarini mutaxassislar bilan ta’minlaşga alohida yondaşiş taklif etilmoqda.
Bu aholiga tibbiy xizmat körsatişda hududiy tenglikni ta’minlaş yölidagi muhim masalalardan biridir.
Söx tumani hokimligi Axborot xizmati
