SÖXDA 34,5 MILLIARD SÖMLIK «YOŞLAR MASKANI» BARPO ETIŞ LOYIHASI TAQDIM ETILDI
2026-11-14 14:30:00 / Yangiliklar

Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Sa’dullayev Söx tumaniga taşrifi davomida tumandagi turizm maskanida yoşlar uçun barpo etilişi rejalaştirilgan, umumiy qiymati 34 milliard 560 million söm bölgan «Yoşlar maskani» loyihasi bilan tanişdi.
Mazkur loyiha Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyuldagi PQ–258-son qarori doirasida amalga oşirilişi belgilangan.
Qarorga muvofiq, 2027-yil 1-sentabrga qadar yoşlarni xorijiy tillar, aniq fanlar va kasb-hunarga öqitiş imkoniyatlarini, IT markazi, zamonaviy kutubxona va boşqa yönalişlarni özida mujassam etgan «Yoşlar markazi» majmuasini barpo etiş nazarda tutilgan.
Loyihani respublika budjeti hamda Yoşlarga oid davlat siyosatini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan moliyalaştiriş belgilangan.
Taqdimot davomida agentlik direktoriga loyihaning maqsad va vazifalari, kelgusida yaratiladigan şaroitlar hamda uni amalga oşiriş rejalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Mazkur majmua kelgusida söxlik yoşlarning zamonaviy bilim va kasblarni egallaşi, xorijiy tillar va axborot texnologiyalarini örganişi, öz iqtidor va salohiyatini röyobga çiqarişi uçun yangi imkoniyatlar yaratişi kutilmoqda.
Söx tumani hokimligi Axborot xizmati






