SO‘X TUMANIDA YOSHLAR MUAMMOLARI VA TAKLIFLARI MUHOKAMA QILINDI
2026-11-14 14:20:00 / Yangiliklar

So‘x tumani hokimligida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv hamda matbuot anjumani o‘tkazildi.
Uchrashuvda tumandagi yoshlarning murojaatlari, mavjud muammolari, taklif va tashabbuslari ko‘rib chiqildi. Jumladan, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda sport infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ularning yechimi yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida faol va tashabbuskor yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.






