YOŞLAR İŞLARI AGENTLIGI DIREKTORI SÖXDAGI ÖQUV MARKAZI FAOLIYATI BILAN TANIŞDI
2026-11-14 09:10:00 / Yangiliklar

Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Sa’dullayev Söx tumanida faoliyat yuritayotgan «Camelot Universe» öquv markaziga taşrif buyurdi.
Taşrif davomida markazda yoşlar uçun yaratilgan ta’lim şaroitlari, öquv jarayonlari hamda ularning bilim va könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan faoliyat bilan yaqindan tanişdi.
Şuningdek, markaz mas’ullari bilan ta’lim sifatini oşiriş, yoşlarning zamonaviy kasb va xorijiy tillarni egallaşi uçun imkoniyatlarni kengaytiriş hamda ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Söx tumani hokimligi Axborot xizmati



