SÖXDA TIKUVÇILIK SANOATINI RIVOJLANTIRIŞ YÖLIDA YANGI HAMKORLIK
2026-11-12 15:35:00 / Yangiliklar

Söx tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev Farğona şahrida kiyim-keçak işlab çiqarişga ixtisoslaşgan «NARIMTEKST» korxonasi rahbari Jamşid Alişeroviç Tillaboyev bilan uçraşuv ötkazdi.
Muloqot davomida Söx tumanida tikuvçilik va töqimaçilik sanoatini rivojlantiriş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş, investitsiya jalb qiliş hamda aholi, ayniqsa, xotin-qizlar uçun qoşimça iş örinlari yaratiş masalalari muhokama qilindi.
Tuman hokimi tadbirkorga Söxning mavjud imkoniyatlari, mehnat resurslari va sohani rivojlantiriş istiqbollarini aniq misollar asosida tuşuntirib, özaro manfaatli hamkorlik yuzasidan takliflar bildirdi.
Uçraşuvda Söx tumanida tikuvçilik sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş böyiça hamkorlikni yölga qöyiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Mazkur taşabbus tumanda sanoat salohiyatini oşiriş, mahalliy aholi bandligini ta’minlaş va yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratişga qaratilgan.
Söx tumani hokimligi Axborot xizmati






