SÖXDA TIBBIYOT TURIZMI RIVOJLANMOQDA: “SABRINA NEVROMED” KLINIKASIDA YANGI IMKONIYATLAR
2026-11-07 20:50:00 / Yangiliklar

Söx tumani Oftobru mahallasida nevropatolog Solijon Musoyev tomonidan asos solingan “SABRINA NEVROMED” xususiy klinikasi faoliyati yanada kengaytirildi.
Klinikada zamonaviy fizioterapiya apparatlari, tibbiy diagnostika uskunalari hamda bemorlarni davolaş va soğlomlaştirişga möljallangan basseyn foydalanishga topşirildi.
Şu munosabat bilan ötkazilgan tantanali tadbirda Farğona viloyati hokimi örinbosari Burhon Quldaşev, huquq-tartibot va huquqni muhofaza qiluvçi organlar mas’ullari, tuman rahbarlari hamda Qirğiziston Respublikasidan taşrif buyurgan mehmonlar iştirok etdi.
Mazkur klinika Söx tumanida tibbiyot turizmi rivojiga asos solayotgan maskanlardan biri, desak mubolağa bölmaydi. Zero, 2025 yilning özida qöşni Qirğiziston Respublikasidan taşrif buyurgan qariyb 28 ming nafar bemor uşbu klinikada davolangan.
Tantanali tadbirdan söng mehmonlar klinikada yaratilgan zamonaviy şaroitlar, tibbiy jihozlar va davolaş imkoniyatlari bilan bevosita tanişdilar.
Tadbir davomida Qirğiziston Respublikasi Botken viloyati deputati tomonidan klinika asosçisi Solijon Musoyevning tibbiyot sohasidagi xizmatlari e’tirof etilib, unga “Tibbiyot fidoyisi” kökrak nişoni tantanali ravişda topşirildi.
Mazkur taşabbus aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş bilan birga, Söx tumanining tibbiyot turizmi salohiyatini oşirişga ham xizmat qilmoqda.
Söx tumani hokimligi Axborot xizmati









