🌸 SÖXDA ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTIGA NOMZODLAR SARALANDI
2026-10-28 09:30:00 / Yangiliklar

Söx tumanining Huşyor mahallasidagi madaniyat uyida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralaşning tuman bosqiçi bölib ötdi.
Tadbirda tuman hokimi örinbosari, oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Madinaxon Safarova iştirok etib, iqtidorli qizlarni qöllab-quvvatlaş va ularning salohiyatini röyobga chiqarişga qaratilayotgan e’tibor xususida söz yuritdi.
Saralaşda 17 nafar iqtidorli qiz fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, tibbiyot va jamoatçilik faoliyati yönalişlarida öz iste’dodi hamda erişgan yutuqlarini namoyiş etdi.
Komissiya tomonidan iştirokçilarning faoliyati va yutuqlari baholanib, eng munosib nomzodlar viloyat bosqiçiga tavsiya etildi.
Barça iştirokçilarga kelgusi bosqiçlarda omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
Söx tumani hokimligi Axborot xizmati









