Bola huquqlarini kafolatlari
2026-10-28 10:05:00 / Yangiliklar

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasiga köra, ota-onalar va ularning örnini bosuvçi şaxslar öz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqişi, ularning tarbiyasi, ta’lim olişi, soğlom, tölaqondli va har tomonlama kamol topişi xususida ğamxörlik qilişga majburdirlar.
Özbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96, 100-moddalarida, ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga, şuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berişi şartligi belgilangan.
“Bola huquqlari töğrisida”gi Konvensiya asosida işlab çiqilgan qonun hujjatlarida voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalarning moddiy ta’minot oliş huquqi belgilab qöyilgan.
Bolalar soğlom va barkamol avlod sifatida voyaga yetişida ota-onalar mas’ul ekanligiga va ular özlarining voyaga yetmagan va voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalarini ijtimoiy ta’minlaşga majbur ekanligiga, uşbu majburiyatni ixtiyoriy ravişda bajarmagan ota (ona)dan aliment faqat sudning hal qiluv qarori yoki sud buyruği çiqariş orqali undiriladi.
Aliment tölaş bilan boğliq bölgan nizolarni öz vaqtida va töğri hal qiliş bolalar manfaatlari himoyasining muhim kafolatlaridan biri hisoblanadi.
Qonunga muvofiq, voyaga yetmagan, şuningdek, voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalar ta’minoti uçun aliment taraflarning kelişuviga köra ixtiyoriy tartibda, şuningdek, sud tartibida undiriladi.
Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot beriş majburiyatini ixtiyoriy ravişda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyruğiga asosan aliment undiriladi.
Voyaga yetmagan bolalarga aliment tölaş haqida ota-ona örtasida kelişuv bölmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravişda töl anmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undiriş töğrisida sudga da’vo yoxud ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari, şuningdek, ön tört yaşga tölgan bola voyaga yetmagan bolaning ta’minoti uçun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undiriş töğrisida da’vo qözğatişga haqlidir.
Ota-ona va bola alohida-alohida yaşagan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari, şuningdek, ön tört yaşga tölgan bola bir vaqtning özida ota va onadan voyaga yetmagan bolalarning ta’minoti uçun aliment undiriş töğrisida da’vo qözğatişga haqli.
Yetim bolalarga va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga ta’minot beriş, ularni tarbiyalaş va ularga ta’lim beriş davlat tomonidan töliq amalga oşiriladi.
Oila kodeksining 81-moddasi 2-qismiga köra, ota-onalik huquqidan mahrum qilinişi ota-onani öz bolasiga ta’minot beriş majburiyatidan ozod qilmaydi.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onaning (ulardan birining) bundan keyin bola bilan birgalikda yaşaş-yaşamaslik masalasi sud tomonidan uy-joy töğrisidagi qonunçilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
Oila kodeksining 100-moddasida ota-onaning voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta’minot berişi belgilangan bölib, bunda sudlar qonun talabiga köra, voyaga yetgan bolaning mehnatga layoqatli yoki layoqatsizligi hamda moddiy yordamga muhtoj yoki muhtoj emasligini aniql aşga alohida e’tibor qaratiladi.
U. Nazirov — Fuqarolik işlari böyiça Söx tuman sudi raisi
