🇺🇿 PQ–258: SO‘XDA TARAQQIYOT YANGI BOSQICHDA!
2026-10-19 10:20:00 / Yangiliklar

🏗 Kechagina rejalarda bo‘lgan bunyodkorlik ishlari bugun So‘x mahallalarida amaliy natijasini ko‘rsatmoqda.
Prezidentimizning PQ–258-sonli qarori asosida tumanda 108 ta loyiha va tadbir nazarda tutilgan.
💧 Mahallalarga ichimlik suvi tarmoqlari tortilmoqda.
🛣 Sharqobod va Chashmada yo‘llar asfaltlandi, Hushyor va Sebzorda 3 kilometrdan yo‘l yangilandi.
⚡️ Elektr tarmoqlari modernizatsiya qilinmoqda.
🏫 Yangi maktab va bog‘chalar, zamonaviy «Yoshlar markazi» qad rostlamoqda.
🏥 Tibbiyot va madaniyat muassasalari ta’mirlanmoqda.
📊 122,36 milliard so‘mlik ichimlik va oqova suv loyihalari esa aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Albatta, oldinda hali bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘p. Ammo bugungi o‘zgarishlar So‘x taraqqiyotining amaliy ifodasidir.
✅ Zero, taraqqiyot faqat raqamlarda emas, odamlar hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarda namoyon bo‘ladi!
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
