🌳 JAVPAYA MASSIVIDA O‘RIKZORLARNI SUG‘ORISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
2026-10-19 10:15:00 / Yangiliklar

💧 So‘x tumanida bog‘dorchilikni rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etish borasida amaliy ishlar davom etmoqda.
Xususan, tumanning Javpaya massivida qariyb 250 gektar maydonda barpo etilgan o‘rikzorlarni sug‘orish ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumki, ushbu massivda suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida tomchilatib sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda maxsus membranalar va sug‘orish tarmoqlari orqali bog‘ maydonlariga suv yetkazib berilmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati





