So‘x tumanida «Umummilliy diktant» loyihasi tashkil etildi
2026-10-19 10:15:00 / Yangiliklar

21 oktabr - o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan So‘x tumani ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida «Birlashib buyuk tarix yaratamiz!» shiori ostida «Umummilliy diktant» loyihasi o‘tkazildi.
Tadbir xodimlarning davlat tiliga bo‘lgan hurmatini yanada oshirish, yozma savodxonligini mustahkamlash hamda o‘zbek tilining jamiyatdagi nufuzini yuksaltirishga qaratildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati








