🇺🇿 SO‘X FARZANDI YOSH SIYOSATCHILAR MARAFONIDA TAQDIRLANDI!
2026-10-17 14:10:00 / Yangiliklar

🏛 15–16 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida «G‘oya ber, fikr bildir, kelajakni birgalikda yarat!» shiori ostida Yosh siyosatchilar marafoni bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining Yoshlar bandligi, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi, So‘x tumani farzandi Rahmonjon Kimsanboyev faol ishtirok etib, taqdirlandi.
✅ Marafon yoshlarning siyosiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga qaratildi.
Tadbir davomida yosh siyosatchilar dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashib, istiqbolli g‘oya va tashabbuslarni ilgari surdilar.
🏅 Rahmonjon Kimsanboyevning marafonda taqdirlanishi nafaqat uning shaxsiy yutug‘i, balki So‘x yoshlari uchun ham quvonarli voqeadir.
Zero, bugun So‘x farzandlari o‘z bilim va salohiyati, faolligi hamda tashabbuskorligi bilan respublika miqyosidagi nufuzli tadbirlarda munosib ishtirok etmoqda.
👏 Rahmonjon Kimsanboyevni ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz! Unga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va xalqimiz manfaatlari yo‘lidagi ezgu ishlarida zafarlar tilaymiz!
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati



