🍋 SO‘XDA LIMONCHILIK - DAROMADLI SOHALARDAN BIRIGA AYLANMOQDA
2026-10-17 09:25:00 / Yangiliklar

So‘x tumanida qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan tashabbuslar izchil davom etmoqda.
Xususan, tumanning Lenbur mahalla fuqarolar yig‘ini hududida G‘ayratjon Ne’matovga qarashli issiqxonada yetishtirilgan limon hosilini yig‘ib olish ishlari olib borilmoqda.
🍋 Issiqxonada parvarishlangan limon daraxtlari mo‘l hosil berib, yetishtirilgan mahsulotlar yig‘ishtirilmoqda.
Tumanda limonchilikni rivojlantirish, issiqxona xo‘jaliklarini kengaytirish va mahalliy mahsulotlar yetishtirish hajmini oshirish hudud iqtisodiyotining istiqbolli o‘sish nuqtalaridan biri hisoblanadi.
✅ So‘xda limonchilik - yangi imkoniyatlar, qo‘shimcha daromad va iqtisodiy taraqqiyot sari muhim qadam!
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati





