🌷 SO‘XDA XALQARO QISHLOQ AYOLLARI KUNI KENG NISHONLANDI
2026-10-15 21:00:00 / Yangiliklar

15 oktabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan So‘x tumanidagi 25 ta mahalla xotin-qizlar faollari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
🌸 Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirlarda qishloq ayollarining jamiyat taraqqiyoti, oila farovonligi va yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni e’tirof etildi.
Shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💐 Qishloq ayoli - oila tayanchi, mahalla fayzi va jamiyat ravnaqining muhim kuchidir!
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati





