🌸 SO‘XDA ZA’FARON GULLADI: «QIZIL OLTIN» YETISHTIRISHDA YANGI IMKONIYATLAR
2026-10-14 16:05:00 / Yangiliklar

So‘x tumanining Chashma mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Vargan massivida yetishtirilayotgan qimmatbaho za’faron (shafran) o‘simligi gulladi.
🌷 Za’faron – dunyodagi eng qimmatbaho ziravorlardan biri bo‘lib, qadimdan o‘zining shifobaxsh xususiyatlari bilan ham qadrlanib kelinadi. Uning tarkibidagi biologik faol moddalarning antioksidant va boshqa foydali xususiyatlari ilmiy jihatdan o‘rganilmoqda.
Tumanda ushbu istiqbolli tarmoqni rivojlantirish, za’faron yetishtirish va uni qayta ishlash yo‘nalishida tadbirkor Rashodjon Odilboyevning tashabbusi va amaliy sa’y-harakatlari alohida e’tiborga molik.
Bugun Vargan massivida gulga burkangan za’faron maydonlari nafaqat ko‘zni quvontiradi, balki So‘x zaminining yuksak agrar salohiyatidan ham dalolat beradi.
🌱 Za’faronchilikni rivojlantirish – qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirish va tumanning eksport salohiyatini oshirishda muhim yo‘nalishlardan biridir.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati




