🏐 SOG‘LOM YOSHLAR – SOG‘LOM KELAJAK!
2026-10-13 22:10:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–207-son Farmoni ijrosi doirasida So‘x tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan 1-sonli politexnikumda giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri hamda qizlar o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi.
Tadbirda yoshlarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari tushuntirilib, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati targ‘ib qilindi.
🏐 Voleybol musobaqasi orqali qizlarni sportga jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish va zararli odatlardan asrashga alohida e’tibor qaratildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

