#Hafta_raqamlarda
2026-10-10 18:25:00 / Yangiliklar

🏗 SO‘XDA 53,8 MILLIARD SO‘MLIK LOYIHALAR: BUNYODKORLIK VA XAVFSIZLIK YO‘LIDA
So‘x tumanida Prezidentning PQ–298 va PQ–393-son qarorlari ijrosi doirasida mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy obyektlarni yangilash hamda tabiiy ofatlarning oldini olishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
📌 PQ–298-son qaror doirasida – 10 mlrd so‘m.
Sebzor va Mulgon mahallalarida elektr tarmoqlarini yangilash, ichki ariqlarni betonlashtirish va suv xo‘jaligi infratuzilmasini yaxshilash ishlari olib borilmoqda.
📌 PQ–393-son qaror doirasida – 43,8 mlrd so‘m.
✅ Yangi ixtisoslashtirilgan maktabda obodonlashtirish va pardozlash ishlari davom etmoqda.
✅ Markaziy shifoxona hududida patologoanatomiya binosi qurilishi yakunlandi.
✅ Lenbur, Devayron, Saribozorcha va Sarikanda mahallalarida sel yo‘llarini ta’mirlash va qirg‘oqlarni mustahkamlash bo‘yicha bir qator ishlar yakunlandi.
✅ Hushyor hududidagi asosiy sel yo‘lining 300 metr qismi betonlashtirildi.
Mazkur loyihalar aholi xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy infratuzilmani mustahkamlash va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati







