#Hafta_raqamlarda
2026-10-10 18:00:00 / Yangiliklar

🏞 SO‘XDA TURIZM VA TADBIRKORLIK UCHUN YANGI IMKONIYATLAR YARATILMOQDA
Prezidentning PQ–49-son qarori ijrosi doirasida So‘x tumanining turizm salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 70,72 milliard so‘m mablag‘ ko‘zda tutilgan.
🔹 Rovon va Sarikandada sohilbo‘yi dam olish, sog‘lomlashtirish va turizm maskanlari uchun infratuzilma yaratish rejalashtirilgan.
🔹 Soybozor hududida Obishirsoy qirg‘oqlarini mustahkamlash va yangi ko‘prik qurish ishlari davom etmoqda.
🔹 Qayroq massivida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari yakunlanib, ichimlik suvi qudug‘ini qazish ishlari olib borilmoqda.
🔹 G‘aznov mahallasida G‘aznaviy ko‘chasida sel yo‘li ustidan avtomobil ko‘prigi qurilishi boshlangan.
Shuningdek, Guliston, Qizilqiyoq, So‘x, Hushyor va Sharqobod mahallalarida ichki ariqlarni betonlashtirish, piyodalar yo‘laklarini qurish, elektr tarmoqlarini yangilash va yo‘llarni asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda.
✅ Mazkur loyihalar aholi uchun qulay sharoitlar yaratish bilan birga, turizm, savdo, xizmat ko‘rsatish va kichik biznesni rivojlantirishga xizmat qiladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati







