SO‘X TUMANIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
2026-10-09 17:50:00 / Yangiliklar

So‘x tumanida jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Tuman IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan mahallalar va savdo shoxobchalarida aholi bilan uchrashuvlar tashkil etilib, mol-mulk xavfsizligi, texnik qo‘riqlash, signalizatsiya va videokuzatuv tizimlaridan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.
Mazkur tadbirlar aholi osoyishtaligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qilmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati


