FARG‘ONA TAJRIBASI TUMANLAR UCHUN HAM YANGI IMKONIYATLAR OCHADI
2026-10-07 15:15:00 / Yangiliklar

2026-yil 5–6-oktabr kunlari Farg‘ona viloyati yirik xalqaro muloqot va amaliy hamkorlik markaziga aylandi. Ilk bor viloyatda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlari Kengashining III yig‘ilishi, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 27-yig‘ilishi o‘tkazildi.
Hududlararo hamkorlikning kengayishi Farg‘ona viloyatining shahar va tumanlari uchun ham yangi imkoniyatlarni shakllantiradi.
Jumladan, So‘x tumani kabi o‘ziga xos geografik joylashuvga ega hududlar uchun meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish, turizm, raqamli xizmatlar, kichik sanoat va tadbirkorlik yo‘nalishlarida tashqi sheriklar bilan ishlash imkoniyatlarini izlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Buning uchun har bir hudud o‘zining aniq investitsiya takliflari, tayyor loyihalari, eksportbop mahsulotlari va turistik imkoniyatlarini professional tarzda taqdim eta olishi zarur.
Chunki bugun xalqaro hamkorlikda imkoniyatning o‘zi yetarli emas – imkoniyatni loyihaga, loyihani esa iqtisodiy natijaga aylantirish qobiliyati hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
