FARG‘ONA – O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA HUDUDLARARO HAMKORLIGINING YANGI AMALIY MARKAZI
2026-10-07 10:20:00 / Yangiliklar

Hududlar kengashining III yig‘ilishi: muloqotdan aniq loyihalar sari
2026-yil 5–6-oktabr kunlari Farg‘ona viloyati yirik xalqaro muloqot va amaliy hamkorlik markaziga aylandi. Ilk bor viloyatda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlari Kengashining III yig‘ilishi, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 27-yig‘ilishi o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlarning ahamiyatini faqat yuqori darajadagi delegatsiyalar tashrifi yoki o‘tkazilgan uchrashuvlar soni bilan baholash to‘liq tasavvur bermaydi. Farg‘onadagi muloqotlarning eng muhim jihati — davlatlararo hamkorlikni hududlar, tarmoqlar, oliy ta’lim muassasalari va xususiy biznes o‘rtasidagi bevosita iqtisodiy aloqalarga aylantirish mexanizmi yanada mustahkamlanganida bo‘ldi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
