SO‘X TUMANIDA «GENDER TENGLIK FAOLI» MILLIY TANLOVINING TUMAN BOSQICHI O‘TKAZILDI
2026-10-02 08:25:00 / Yangiliklar

So‘x tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 27-avgustdagi KQ-386-V-son qaroriga muvofiq «Gender tenglik faoli» milliy tanlovining tuman bosqichi belgilangan tartibda o‘tkazildi.
Tanlov jarayonida tumanda faoliyat yuritayotgan davlat organlari va tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari hamda boshqa muassasalarning gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirgan ishlari o‘rganildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning mazkur yo‘nalishdagi faoliyati, xotin-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslari hamda erishgan amaliy natijalari belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Tanlov yakunida yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar aniqlanib, ularni keyingi bosqichga tavsiya etish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Mazkur tanlov jamiyatda gender tenglik tamoyillarini mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati


