📌 Fuqarolar bilan ochiq muloqot — muammolarga yechim yo‘lida
2026-10-05 08:55:00 / Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining So‘x tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ilhomjon Tojiboyevning shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.
Shaxsiy qabul — fuqarolar uchun o‘z murojaatlarini bevosita rahbarga yetkazish, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot qilish imkoniyatidir. Bunday muloqotlar aholi muammolarini o‘rganish va ularga yechim izlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
📍 Eslatib o‘tamiz, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari qabuli har dushanba kuni soat 09:00 dan 11:00 gacha So‘x tumani Xalq qabulxonasi binosida o‘tkaziladi.
Qabulga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelish so‘raladi.
☎️ Murojaat uchun telefon: 73 462-10-00
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati




