🔹 XOTIN-QIZLAR BALANSINI SHAKLLANTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2026-09-25 14:30:00 / Yangiliklar

So‘x tumanida xotin-qizlar balansini shakllantirish, xonadonbay xatlov ishlarini sifatli tashkil etish hamda aniqlangan muammolar bo‘yicha manzilli choralar belgilash ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar doirasida 6 ta mahallada xotin-qizlarning ijtimoiy holati, bandligi va ehtiyojlari tahlil qilinib, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha amaliy takliflar shakllantirildi.
Shuningdek, 49 nafar xotin-qizga 1 mlrd 124 mln so‘m miqdorida mikrokredit va imtiyozli kreditlar ajratilgan bo‘lib, yangi loyihalar orqali xotin-qizlar bandligini ta’minlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
