📌 DEPUTAT QAYROQ MASSIVIDAGI YANGI IJTIMOIY YO‘LAKLAR BILAN TANISHDI
2026-09-25 14:25:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari So‘x tuman Kengashining 20-Demursad saylov okrugi deputati Rahmonjon Mavlonov Qayroq massivida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, xususan, qurib bitkazilgan ijtimoiy yo‘laklar bilan tanishdi.
Qayroq massivi tumanning turizm salohiyati yuqori hududlaridan biri bo‘lib, bu yerda yaratilgan yangi yo‘laklar aholi va hududga tashrif buyuruvchilar uchun xavfsiz hamda qulay harakatlanish sharoitini ta’minlashga xizmat qiladi.
Deputat tashrif davomida yangi barpo etilgan yo‘laklarning aholi uchun qulayligi, hudud obodonchiligi va turizm infratuzilmasini rivojlantirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, mazkur hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini izchil davom ettirish, aholi uchun yanada munosib sharoit yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Hududlarni obod qilish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va aholiga qulaylik yaratishga qaratilgan ishlar deputatlik e’tiborida.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati


