🔹 XOTIN-QIZLAR BALANSI BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
2026-09-25 14:15:00 / Yangiliklar

So‘x tumanida xotin-qizlar balansini shakllantirish, xonadonbay xatlov ishlarini sifatli tashkil etish hamda anketa-so‘rovnomalarni to‘liq va haqqoniy ma’lumotlar asosida yuritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar Respublika ishchi guruhi va viloyatdan biriktirilgan vakil tomonidan o‘rganildi.
O‘rganishlar Chashma, Guliston, Demursad, Mulgon, Sarikanda va Rovon mahallalarida olib borilib, xotin-qizlarning ijtimoiy holati, bandligi, daromad manbalari, kasb-hunari, ehtiyoj va muammolariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahallalarda tadbirkorlar va xotin-qizlar faollari bilan muloqot qilinib, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xonadonlarni to‘liq qamrab olish hamda muammoli xotin-qizlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati








