🏆 SO‘XLIK NURONIYLAR — VILOYAT BOSQICHI SOVRINDORLARI
2026-09-25 14:00:00 / Yangiliklar

Bugun Farg‘ona shahridagi viloyat kutubxonasida “Bir nuroniy — o‘n yoshga mas’ul” tamoyili asosida tashkil etilgan “1+10” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov nuroniylarning boy hayotiy tajribasi, yoshlar tarbiyasidagi faol ishtiroki va mahallalarda olib borayotgan ibratli ishlarini keng targ‘ib etishga qaratilgan.
Quvonarlisi, tanlovda So‘x tumani sharafini himoya qilgan faol nuroniylarimiz — Askarjon Mirzoyev, Murodjon Temirov va Valijon Koziyev munosib ishtirok etib, 1-, 2- va 3-darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.
Bu natija — tumanimiz nuroniylarining yosh avlod tarbiyasi, ularni qo‘llab-quvvatlash, hayotiy tajriba va ezgu qadriyatlarni yoshlarga yetkazish yo‘lidagi mehnatlariga berilgan yuksak bahodir.
So‘x tumanidagi barcha faol nuroniylar nomidan g‘oliblarimizni samimiy muborakbod etamiz. Ularga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, kelgusi faoliyatida yanada katta muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz.
Faxrli o‘rinlar va diplomlar muborak bo‘lsin, muhtaram nuroniylar!
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati




