🏠 UY-JOYINGIZNI TABIIY OFATLARDAN SUG‘URTA QILING!
2026-09-25 09:10:00 / Yangiliklar

So‘x tumani tog‘li hududda joylashgani sababli ayrim mavsumlarda sel, do‘l, kuchli shamol, tog‘ ko‘chkilari kabi tabiiy ofatlar aholi xonadonlari va mol-mulkiga zarar yetkazishi mumkin.
Shu munosabat bilan «KAFIL SUG‘URTA» AJ tomonidan aholi uy-joylarini tabiiy ofatlardan sug‘urtalash xizmati taklif etilmoqda.
🔹 Sug‘urta badali — 200 ming so‘m
🔹 Sug‘urta qoplamasi — 50 million so‘mgacha
Sug‘urta quyidagi holatlarda yetkazilgan zararlarni qoplashga xizmat qiladi:
-
sel oqibatlari;
-
do‘l yog‘ishi;
-
kuchli shamol;
-
tog‘ ko‘chkilari va boshqa tabiiy ofatlar.
Sug‘urta — bu kutilmagan tabiiy ofatlar oqibatida kelib chiqadigan moliyaviy yo‘qotishlarni kamaytirish va oila mol-mulkini himoya qilishning muhim vositasidir.
☎️ Batafsil ma’lumot uchun: +998 77 000 42 70
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
