🔹 YOSHLAR MUAMMOLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
2026-09-24 16:35:00 / Yangiliklar

So‘x tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Sayidali Temiraliyev tomonidan Qaqir mahalla fuqarolar yig‘inida og‘ir toifaga kiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qiynab kelayotgan ijtimoiy masalalar, bandlikni ta’minlash, ta’lim olish, kasb-hunar egallash hamda boshqa dolzarb muammolar atroflicha o‘rganildi.
Har bir yoshning murojaati alohida tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va zarur ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash va ularning ijrosini nazoratga olishga kelishib olindi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati






