🇺🇿 MILLIY DO‘PPI — MILLATIMIZ G‘URURI
2026-09-24 16:30:00 / Yangiliklar

Bugun So‘x tumani 1-son texnikumida “Milliy do‘ppi kuni” milliy qadriyatlarimizga yuksak ehtirom ruhida o‘tkazildi.
Do‘ppi — shunchaki bosh kiyimi emas. U xalqimizning boy tarixi, yuksak ma’naviyati, betakror madaniyati va milliy o‘zligini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir.
Uning har bir guli, har bir naqshida ajdodlarimizning ezgu orzu-niyatlari, onalarimizning mehri va xalqimizning asrlar davomida asrab-avaylab kelayotgan qadriyatlari mujassam.
Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, urf-odat va an’analarimizga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Milliy do‘ppi — xalqimizning milliy qiyofasi, ma’naviyati va qadriyatlarini namoyon etuvchi bebaho merosdir.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati



