📌 FUQAROLAR MUROJAATI — E’TIBOR MARKAZIDA
2026-09-24 16:10:00 / Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining So‘x tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi o‘rinbosari Adhamjon Safarovning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning turli masalalarga oid murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, ularda ko‘tarilgan masalalarning kelib chiqish sabablari va yechim yo‘llari mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi.
Joyida hal etish imkoni bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish va mutasaddi tashkilotlar ishtirokini talab etadigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan aniq vazifalar berildi.
Shuningdek, murojaatlarni shunchaki tinglash bilan cheklanmasdan, har bir masala bo‘yicha amaliy natijaga erishish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga o‘z vaqtida yechim topish zarurligi ta’kidlandi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati




