RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI — OCHIQ MULOQOT MAYDONI
2026-09-24 13:20:00 / Yangiliklar

Bugun So‘x tumani Guliston mahallasi hududidagi texnikumda “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman hokimining o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilotlar va yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va jamiyatda munosib o‘rin topishi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, dual ta’lim tizimi imkoniyatlaridan samarali foydalanish, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga jalb etish, ularning zamonaviy kasb va mutaxassisliklarni egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Uchrashuv yoshlar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va tashabbuslarini o‘rganish hamda kelgusi rejalarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati









