📣 DAVLAT XIZMATLARIDAN ONLAYN FOYDALANING
2026-09-23 13:30:00 / Yangiliklar

👨💻 Kadastr pasportini hech qayerga bormasdan, navbatda turmasdan onlayn rasmiylashtirish mumkin.
Buning uchun:
🗄 my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tish;
🗄 “Kadastr” bo‘limidan tegishli xizmatni tanlash;
🗄 zarur ma’lumotlarni to‘ldirib, ariza yuborish kifoya.
🪪 Mazkur xizmatdan foydalanish uchun ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lishi lozim.
📱 Murojaat ko‘rib chiqilgandan so‘ng, talabgorga my.gov.uz portali orqali elektron shakldagi kadastr pasporti taqdim etiladi.
🏠 Ko‘chmas mulk va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa xizmatlardan ham my.gov.uz portali orqali foydalanish mumkin.
Abdumannon Umriddinov — So‘x tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi sho‘ba mudiri
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
