SO‘XDA 10 MILLION DOLLARLIK ZAMONAVIY MEHMONXONA KOMPLEKSI BARPO ETISH REJALASHTIRILMOQDA
2026-09-22 17:05:00 / Yangiliklar

So‘x tumanining turizm salohiyatini yanada oshirish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda hududga yangi investitsiyalarni jalb etish yo‘nalishida amaliy ishlar davom etmoqda.
Shu doirada, master-reja asosida So‘xlik tadbirkor tomonidan 10 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish hisobiga zamonaviy mehmonxona kompleksini barpo etish loyihasi yuzasidan hududga chiqib, joyida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida loyiha uchun mo‘ljallangan hududning imkoniyatlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish holati, transport va turizm infratuzilmasi bilan uyg‘unligi hamda qurilish ishlarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mazkur yirik investitsiya loyihasining amalga oshirilishi natijasida So‘x tumanida zamonaviy mehmonxona xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda hududning turistik jozibadorligini yanada oshirish ko‘zda tutilgan.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati




