SO‘X TUMANIDA AYOL 1 NAFAR FARZANDI BILAN O‘Z KELINLIK UYIGA KIRITILDI
2026-09-21 16:25:00 / Yangiliklar

So‘x tumanida 1 nafar farzandi bilan yashab kelgan ayolning o‘z kelinlik uyiga kirishi ta’minlandi.
Ma’lum qilinishicha, holat Majburiy ijro byurosi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida ijobiy hal etilgan.
Ijro harakatlari davomida ayol va uning 1 nafar farzandi uyga kiritilib, yashash huquqi ta’minlandi.
Oilaviy kelishmovchiliklar turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Biroq bunday vaziyatlarda, ayniqsa, voyaga yetmagan farzandlarning yashash sharoiti va huquqlari ta’minlanishi muhim.
Mazkur holatda esa ijro organi aralashuvi orqali ayol va farzandining boshpanasiz qolib ketishining oldi olindi.
I.I. Fatojonov — MIB So‘x tuman bo‘limi davlat ijrochisi

