🔷 JAMOAT XAVFSIZLIGI — DOIMIY E’TIBORDA
2026-09-21 16:20:00 / Yangiliklar

So‘x tumanida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar izchil davom etmoqda.
Tuman IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbirlari doirasida mahallalar, savdo shoxobchalari hamda aholi gavjum hududlarda fuqarolar bilan ochiq muloqot va targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida fuqarolarga shaxsiy va mol-mulk xavfsizligini ta’minlash, xonadon va tadbirkorlik obyektlarini texnik qo‘riqlash tizimiga ulash, shuningdek, signalizatsiya va videokuzatuv vositalaridan samarali foydalanish orqali xavfsizlik choralarini kuchaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berilmoqda.
Shu bilan birga, aholining murojaatlari tinglanib, jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlashga doir taklif va mulohazalar o‘rganilmoqda.
Bunday profilaktik tadbirlar tumanda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda aholi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati


