📌 PENSIYA TA’MINOTI TIZIMIDAGI YANGI O‘ZGARISHLAR MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
2026-09-21 15:10:00 / Yangiliklar

So‘x tumani Pedagogika texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi farovonligini ta’minlash va pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi rahbari Rahmatijon Devonayev ishtirok etib, yig‘ilganlarga Farmon loyihasida nazarda tutilayotgan asosiy yo‘nalishlar, pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda fuqarolar uchun qulay va shaffof mexanizmlarni joriy etish borasida tushuntirishlar berdi.
Muloqot davomida pensiya tayinlash va to‘lash jarayonlarini yanada soddalashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, sohada aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bilan bog‘liq masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, Farmon loyihasida belgilangan chora-tadbirlar bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati


